Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nagelsmann «Chelsi»ni rad etdi: Top-murabbiylar Londonda ishlashga shoshilmayapti

Nagelsmann «Chelsi»ni rad etdi: Top-murabbiylar Londonda ishlashga shoshilmayapti

Baho:
+1 | -

Liam Rosenyor iste’foga chiqarilgach, «Chelsi» yangi bosh murabbiy izlamoqda. Qayd etilishicha, hozircha top-darajadagi mutaxassislarning hech biri Londonda ishlash istagi bilan yonmayapti.

Germaniya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ehtimoliy nomzodlar qatorida edi, biroq The Times nashrining xabar berishicha, u APLga o‘tishga qiziqishi yo‘qligini allaqachon bildirgan.

«Hech qaysi murabbiy yoshi kattaroq va tajribaliroq futbolchilarni sotib olish imkoniyatisiz «Chelsi»da ishlashga rozi bo‘lmaydi», — deb ta’kidladi manba.

Britaniya nashri boshqa variantlar sifatida Madridning «Real» klubidan ketganidan beri ishsiz bo‘lgan Xabi Alonso, shuningdek, Andoni Iraola va Sesk Fabregaslarni tilga olmoqda. Iraola mavsum yakunida «Bornmut»ni tark etadi, Fabregas esa Italiyaning «Komo» jamoasini boshqarmoqda.

Kiritildi: 13:20, 23.04.2026.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик