Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rosenyor «Chelsi» tarixidagi eng yomon murabbiylardan biriga aylandi

Rosenyor «Chelsi» tarixidagi eng yomon murabbiylardan biriga aylandi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq murabbiyi Liam Rosenyor londonliklar boshqaruvidagi faoliyati davomida Angliya Premyer-ligasida har bir o‘yinda o‘rtacha 1,31 ochko jamg‘argan. Bu haqda Transfermarkt statistik portali xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, XXI asrda «Chelsi»da faqat bir nafar murabbiy — Grem Potter Rosenyordan kamroq ochko to‘plagan. Uning ko‘rsatkichi 22 o‘yinda o‘rtacha 1,27 ochkoni tashkil etgan. Liam esa «ko‘klar» ustozi sifatida APLda atigi 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha XXI asrdagi eng yaxshi natija isroillik mutaxassis Avraam Grantga tegishli (har bir o‘yinda o‘rtacha 2,32 ochko). Grant londonliklarni jami 32 o‘yinda (2007/2008 yilgi mavsum) boshqargan. Kuchli uchlikdan, shuningdek, Joze Mourinyo (2,19) va Antonio Konte (2,14) joy olishgan.

Kiritildi: 13:59, 23.04.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик