Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafael Leau uchun 3 ta grand klub da’vogarlik qilmoqda

Rafael Leau uchun 3 ta grand klub da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Rafael Leau shu yozda «Milan»ni tark etishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, «rossonerilar» portugaliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotishga tayyor. Hujumchiga «Manchester Siti», «Liverpul» va «Real» klublari qiziqish bildirmoqda. Milan klubi o‘z futbolchisining sotuvidan taxminan 60 million funt sterling ishlab olmoqchi.

Rafael Leau 2019 yilda «Lill»dan «Milan»ga 49 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning italyan jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi «rossonerilar» safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:02, 23.04.2026.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик