Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nottingem» o‘z yulduzi uchun «MYU»dan 144 million yevro talab qilmoqda

«Nottingem» o‘z yulduzi uchun «MYU»dan 144 million yevro talab qilmoqda

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» xavbek bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi o‘zining o‘yin uslubi tufayli «qizil iblislar»ning yozgi transferlar uchun asosiy nishoniga aylandi. Biroq, «o‘rmonchilar» xo‘jayini Evangelos Marinakis «MYU» oldiga qat’iy shart qo‘ydi — u Elliotni 144 million yevrodan kamiga sotishga tayyor emas.

Elliot Anderson 2024 yilda «Nyukasl»dan «Nottingem»ga 41 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «o‘rmonchilar» safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:05, 23.04.2026.
O'qildi: 1469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик