Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rayt: «Rays uchun «Oltin to‘p»dan ham yaxshiroq yangi sovrin yaratish kerak»

Rayt: «Rays uchun «Oltin to‘p»dan ham yaxshiroq yangi sovrin yaratish kerak»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Ian Rayt «kanonirlar» yarim himoyachisi Deklan Rays «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun juda katta imkoniyatga ega ekanligini ta’kidladi.

«Agar «Arsenal» Angliya chempionatida g‘olib chiqsa, Deklan Rays APLning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi kerak. Agar «Arsenal» Chempionlar ligasida zafar quchsa, Rays «Oltin to‘p»ni ham olishi lozim. Bordi-yu, Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida zafar quchsa, Deklan Rays uchun «Oltin to‘p»dan ham yaxshiroq bo‘lgan yangi sovrin o‘ylab topishlari kerak», — deya Raytning so‘zlarini keltiradi The Overlap.

Joriy mavsumda Deklan Rays «Arsenal» safida barcha turnirlarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:07, 23.04.2026.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик