Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli» — Eron AQSHning JCH-2026 borasidagi taklifiga munosabat bildirdi

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli» — Eron AQSHning JCH-2026 borasidagi taklifiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Eronning Italiyadagi elchixonasi JCH-2026 musobaqasida Eron terma jamoasini boshqa jamoaga almashtirish g‘oyasini keskin tanqid qildi.

Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Dzampolli Eron terma jamoasini Italiya bilan almashtirish taklifini ilgari surgan edi. AQSH va Isroil bilan bo‘layotgan urush sababli Eronning turnirdagi ishtiroki borasida mavhumlik saqlanib qolmoqda.

«Futbol siyosatchilarga emas, xalqqa tegishli. Italiya futboldagi buyukligiga siyosiy beqarorlik tufayli emas, balki maydonda erishgan.

Eronni Jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarib tashlashga bo‘lgan urinish faqatgina AQSHning «ma’naviy inqirozini» ko‘rsatadi. Ular hatto maydondagi o‘n bir nafar eronliklarning borligidan ham qo‘rqishmoqda», — deyiladi elchixona xabarida.

Kiritildi: 17:42, 23.04.2026.
O'qildi: 1523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик