Jurnalist Devid Ornshteyn «Nyukasl» rahbariyatining hujumchi Entoni Gordonning ehtimoliy transferiga bo‘lgan munosabati bilan o‘rtoqlashdi. 25 yoshli futbolchi «Arsenal», «Bavariya» va «Liverpul» kabi klublar e’tiborida turibdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, har qanday ehtimoliy kelishuv to‘liq «qarg‘alar»ning moliyaviy talablari bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Uning jamoani tark etishi uchun ilgari surilgan 80 million funt sterling miqdoridagi mablag‘ talab etilishi kutilmoqda.
«Nyukasl sotuvga tayyor ko‘rinadi, biroq faqat munosib narx evaziga», — deya Ornshteynning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Athletic.
Joriy mavsumda 25 yoshli Gordon 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.













