Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo

Mirko Yelichich: «Qo‘lga kiritilgan uch ochkodan mamnunman»

Mirko Yelichich: «Qo‘lga kiritilgan uch ochkodan mamnunman»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 9-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf"ga qarshi o‘yin (3:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘yin qiyin o‘tdi. Ko‘rsatgan o‘yinimiz menga yoqdi. Asta-sekinlik bilan barchasiga ko‘nikib boryapmiz. Ruhan va jismonan vaziyatlarda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa ishlar yanada yaxshiroq bo‘ldi. Balki bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasdir. Ba’zida futbolda yomon o‘ynab yutish va yaxshi o‘ynab mag‘lub bo‘lish ham mumkin. Qo‘lga kiritilgan uch ochkodan mamnunman.

— Taqvim juda zich tuzilgan. Har 4–5 kunda bo‘ladigan o‘yinlar uchun jamoaning jismoniy holati tayyormi?
— Bizda tanlov yo‘q. Hammasiga ulgurishimiz shart. Endi navbatdagi o‘yin uchun ham vaqt ko‘p emas. Shu sababli har bir bahs uchun tezroq yondashish kerak bo‘lmoqda. Bu pallada mashg‘ulot jarayonlari emas, ko‘rsatmalar jarayonlari muhim o‘rin tutadi. Navbatdagi o‘yinda jamoa zo‘r holatda bo‘lmaydi, bu aniq. Maydonda borimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

— Muhriddin Zoirovga kam o‘yin amaliyoti berilyapti.
— Holat shunday. Ayni damda Temurxo‘ja Abduxoliqovning jismoniy holati va samaradorligini hisobga olsak, uni O‘zbekistonning eng yaxshi 5 futbolchisidan biri desak bo‘ladi. Shunday futbolchini almashtirishdan ma’no yo‘q. Temur har tomonlama jamoaga yordam beradi. Gol urishdan tashqari, jamoani ushlab turishi, oldinga harakatlantirishi mumkin. Uning xarakteri shunday. Shu sababli uning bu harakatlari biz uchun muhim. Bunday holatda Muhriddin Zoirovga imkoniyat kamroq berilayotgani afsuslanarli. Bu futbol — biz hissiyotlar uchun emas, natija uchun o‘ynaymiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:08, 23.04.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик