Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sancho «Borussiya Dortmund»ga qaytishga rozilik berdi

Sancho «Borussiya Dortmund»ga qaytishga rozilik berdi

Baho:
+ | -

Jeydon Sancho «Borussiya»ga qaytishga tayyor.

Avvalroq, «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi shu mavsum yakunida nihoyasiga yetadigan vingerni Dortmund klubi o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, futbolchi transferga rozilik bergan. Tomonlar o‘zaro bir necha bor aloqaga chiqishgan va endilikda «Borussiya» ixtiyorida kelishuvni amalga oshirish uchun barcha zarur ma’lumotlar mavjud.

Qayd etilishicha, agar klub rahbariyati ingliz futbolchisi nomzodida to‘xtalsa, nemis jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovach Sanchoning transferini ma’qullagan. Futbolchida boshqa klublardan ham takliflar bor.

Joriy mavsumda Jeydon ijara asosida «Aston Villa»da to‘p tepmoqda. U APL doirasidagi 20 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Kiritildi: 22:32, 23.04.2026.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик