Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

AQSH Davlat kotibi Eronning JCH-2026 dagi ishtiroki bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

AQSH Davlat kotibi Eronning JCH-2026 dagi ishtiroki bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio rasmiy Vashington Eron terma jamoasidan 2026-yilgi Jahon chempionatiga kelmaslikni talab qilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qilindi.

Davlat departamenti rahbarining ta’kidlashicha, AQSH tomoni sportchilarning kelishiga qarshilik qilmaydi. Biroq, asosiy xavotir delegasiyaning boshqa a’zolari bilan bog‘liq.

“AQSH tomonidan hech kim ularga kela olmaysizlar deb aytgani yo‘q. Bizni Eron sportchilari emas, balki delegasiyaning Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim a’zolari xavotirga solmoqda”, dedi Rubio.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH Eronning ishtirokini rasman taqiqlamagan bo‘lsa-da, delegasiya tarkibi bo‘yicha qat’iy tekshiruvlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Eron sport vaziri Ahmad Donyamali geosiyosiy vaziyat tufayli turnirda qatnashish imkonsiz ekanini aytgan edi. Keyinchalik Eronning Meksikadagi elchixonasi mamlakat futbol federasiyasi o‘yinlarni AQSH hududidan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha FIFA bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan.

Avvalroq Financial Times nashri AQSH prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli Eronni Italiya bilan almashtirishni taklif qilgani haqida yozgan edi. Bu qadam Donald Tramp va Italiya hukumati o‘rtasidagi siyosiy sovuqchilikni (Rim papasi va harbiy bazalar bilan bog‘liq mojarolar) yumshatishga qaratilgan “futbol diplomatiyasi”ning bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:54, 24.04.2026.
O'qildi: 2142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик