Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

Alisson «Yuventus»ga o‘tmasligi mumkin

Alisson «Yuventus»ga o‘tmasligi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» darvozaboni Alisson Bekerning «Yuventus»ga o‘tishi kun sayin so‘nib bormoqda. 33 yoshli braziliyalik posbonning maosh borasidagi yuqori talablari turinliklarning umidlarini puchga chiqarmoqda. «Byankoneri» vakillari darvozabonning so‘rovlarini qondira olmasliklarini tushunib yetgach, boshqa — hamyonbop variantlarni o‘rganishni boshlashdi.

Transfer News Live nashrining Tuttosport va TEAMtalk ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Alissonga muqobil nomzod sifatida «Manchester Siti» a’zosi Jeyms Trafford tanlangan. Alissonning «Liverpul» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi va uning Transfermarkt portalidagi bahosi 17 million yevroni tashkil etadi.

Traffordning «Manchester Siti» bilan kelishuvi 2030 yilgacha mo‘ljallangan, biroq ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, u Djanluidji Donnarummaning o‘rinbosari rolidan qoniqmayotgani sababli jamoadan ketishga tayyor. Transfermarkt 23 yoshli ingliz posbonini 25 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 11:13, 24.04.2026.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик