Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Chelsi» kongolik iqtidor uchun kurashda «Arsenal» va «MYU»ni ortda qoldirmoqda

«Chelsi» kongolik iqtidor uchun kurashda «Arsenal» va «MYU»ni ortda qoldirmoqda

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi grandlari «Sanderlend» yarim himoyachisi Noa Sadiki uchun kurash olib bormoqda. Transfer News Live nashrining The Journal’ga tayanib xabar berishicha, ayni damda 21 yoshli futbolchi uchun poygada «Chelsi» klubi «Arsenal» va «Manchester Yunayted»ni ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

Kongolik istiqbolli futbolchining muvaffaqiyatlarini, shuningdek, «Everton» va «Tottenxem» klublari ham kuzatib borishmoqda. Transfermarkt portali mutaxassislari Noa Sadikining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

APLning joriy mavsumida o‘yinchi «Sanderlend» safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan yilning yozida «qora mushuklar» ushbu xavbekni Belgiyaning «Yunion Sent-Jilluaz» klubidan 17 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Kiritildi: 11:21, 24.04.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик