«Manchester Siti» qanot hujumchisi Jeremi Doku Angliya Liga kubogi finalida «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Karabao kubogi — bu ajoyib sovrin. Biz agar g‘alaba qozonsak, bu «Arsenal» uchun ruhiy zarba bo‘lishini bilardik. Biz faqat oldinga intildik», — deya Dokuning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Jek Gogan.
Eslatib o‘tamiz, Liga kubogi finalida «Manchester Siti» «Arsenal»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu g‘alabadan so‘ng «shaharliklar» APL doirasida ham «kanonirlar»dan ustun kelishdi va ayni damda chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













