Kirish Ro'yxatdan o'tish

Olise farzandidan voz kechganlikda ayblanmoqda

Olise farzandidan voz kechganlikda ayblanmoqda

Baho:
+ | -

Germaniyada katta mojaro kelib chiqdi. Fatima Zahra ismli qiz «Bavariya» futbolchisi Maykl Olisedan farzand ko‘rganini da’vo qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, angliyalik futbolchi uni tashlab ketgan va qiziga mutlaqo g‘amxo‘rlik qilmayapti.

«Maykl Olise — qizimning otasi. Afsuski, u bizni aldab ketdi, mana bir necha oydirki qizalog‘im bilan yolg‘iz qoldik», — deb yozdi Zahra o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Olise hozircha ushbu ma’lumot yuzasidan hech qanday izoh bermadi. Yarim himoyachining myunxenliklar bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 140 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda Olise Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:17, 24.04.2026.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик