Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Dante va Riberi «Bavariya» yoshlar jamoasida murabbiylik qilishadi

Dante va Riberi «Bavariya» yoshlar jamoasida murabbiylik qilishadi

Baho:
+ | -

Braziliyalik himoyachi Dante futbolchilik faoliyatini yakunlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hozirda 42 yoshli futbolchi «Nissa» safida to‘p surmoqda va boshqa musobaqalar qatori Fransiya Kubogi finalida ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.

L’Équipe nashrining xabar berishicha, kelasi mavsumda Dante o‘zi 2012 yildan 2015 yilgacha o‘ynagan «Bavariya» klubiga qaytishi kutilmoqda. U myunxenliklarning yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ish boshlaydi. Dante allaqachon UYEFAning professional murabbiylik lisenziyasini qo‘lga kiritgan.

Unga sobiq jamoadoshi, Fransiya terma jamoasi sobiq a’zosi Frank Riberi ham qo‘shilishi mumkin. Riberi murabbiylik lisenziyasini olish jarayonini yakunlash arafasida turibdi va u braziliyalik mutaxassisning assistenti (yordamchisi) etib tayinlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:29, 24.04.2026.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик