Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Onana Turkiya kubogi chorak finalida porladi

Onana Turkiya kubogi chorak finalida porladi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga tegishli bo‘lgan va ijara asosida Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasida to‘p surayotgan darvozabon Andre Onana «Samsunspor»ga qarshi o‘yinning bosh qahramoniga aylandi.

23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan mamlakat kubogining chorak final uchrashuvida asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda 0:0 hisobi qayd etildi. Natijada g‘olibni aniqlash uchun jamoalar penaltilar seriyasiga yo‘l olishdi. Onana o‘z mahoratini ko‘rsatib, raqiblarning 3 ta zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

13 may kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final bahsida «Trabzonspor» «Genchlerbirligi» bilan to‘qnash keladi. 30 yoshli kamerunlik posbonning turk klubi bilan ijara shartnomasi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:31, 24.04.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик