Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Milan» va «Bavariya» Vlaxovichni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

«Milan» va «Bavariya» Vlaxovichni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Agar hujumchi Dushan Vlaxovich «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmasa, «Milan» va «Bavariya» uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli serbiyalik futbolchining shartnomasi bilan bog‘liq noaniqlik davom etayotgani sababli, uning nomzodi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Vlaxovich 2022 yilning yanvaridan beri «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda, uning amaldagi kelishuvi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda u 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:44, 24.04.2026.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик