Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bellingem va Kurtua Nadal hamda Sinner bilan tennis o‘ynashdi

Bellingem va Kurtua Nadal hamda Sinner bilan tennis o‘ynashdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellingem va darvozabon Tibo Kurtua mashhur tennischilar Rafael Nadal hamda Yannik Sinner bilan birgalikda mashg‘ulot kortida tennis o‘ynashdi. Ushbu kort «Santyago Bernabeu» stadioni maydonida ATP va WTA xalqaro turnirlari o‘tkazilishi munosabati bilan tashkil etilgan, deb xabar bermoqda PA.

Musobaqalar sababli stadiondagi chim qoplamasi vaqtinchalik tuproqli kortga almashtirildi. Turnirlar 3 mayga qadar davom etadi. «Real» esa 14 maygacha o‘z uyida o‘yin o‘tkazmaydi.

Kort 23 aprel kuni tushdan keyin ochildi.

«Rahmat, «Real». «Bernabeu»dagi ushbu noyob kortdan zavqlanish juda o‘zgacha bo‘ldi», — deb yozib qoldirdi Nadal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 16:53, 24.04.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик