Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Inter Mayami» futbolchisi rasizm sabab diskvalifikasiya qilindi

«Inter Mayami» futbolchisi rasizm sabab diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

MLS «Inter Mayami» yarim himoyachisi Yannik Braytni «Kolorado»ga qarshi o‘yinda (3:2) kamsitmaslik siyosatini buzgani uchun yana bitta o‘yinga chetlatdi, deb xabar bermoqda ESPN.

24 yoshli italiyalik futbolchi bahsning 87-daqiqasida kamsituvchi iboralarni ishlatgani uchun qizil kartochka olgan edi. Shu sababli u «Real Solt-Leyk» bilan o‘yinni o‘tkazib yuborgandi, endi esa «Nyu-Inglend Revolyushn»ga qarshi uchrashuvda ham maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, yarim himoyachi MLS buyrug‘iga binoan majburiy tarbiyalovchi-amaliy dasturdan o‘tishi shart bo‘ladi.

«Ushbu siyosat doirasida qaror qabul qilishda MLS ko‘plab omillarni, jumladan, o‘yinchining o‘z qilmishi uchun mas’uliyatni darhol zimmasiga olishi, xatosini tuzatish jarayonini boshlashga tayyorligi va tergov davomidagi hamkorligini inobatga oladi», — deyiladi liga press-relizida.

2026 yilgi mavsumda Brayt 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2023 yilning dekabridan beri «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 17:00, 24.04.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик