Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Napoli» futbolchisi o‘z uyiga Maradonaning haykalini o‘rnatdi (foto)

«Napoli» futbolchisi o‘z uyiga Maradonaning haykalini o‘rnatdi (foto)

Baho:
+ | -

«Napoli» yarim himoyachisi Billi Gilmor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga o‘z bog‘ida neapolliklar afsonasi Diyego Maradonaning bo‘y barobaridagi haykalini o‘rnatgani aks etgan videoni joylashtirdi. Ushbu san’at asarining muallifi Stefano Sesi hisoblanadi.

Avvalroq «Napoli»ning boshqa bir yarim himoyachisi — Skott Maktominey ham o‘z hovlisiga Maradona haykalini o‘rnatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 1984 yildan 1991 yilgacha «Napoli» sharafini himoya qilgan. Neapolliklar tarkibida 258 ta o‘yinda maydonga tushib, 115 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Argentinalik yulduz klub bilan birgalikda ikki bor Seriya A chempionligini, Italiya Kubogi, UYEFA Kubogi va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 17:19, 24.04.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик