Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yamal mavsumda uchinchi bor oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Yamal mavsumda uchinchi bor oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deya xabar bermoqda La Liga matbuot xizmati.

Aprel oyida u uchta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

18 yoshli forvard ushbu sovrin uchun kurashda Lukas Boye («Alaves»), Vedat Muriki («Malyorka»), Karlos Soler («Real Sosyedad») va Federiko Vinyasni («Real Ovyedo») ortda qoldirdi.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda uchinchi bor bunday e’tirofga sazovor bo‘ldi — u avvalroq noyabr va dekabr oylarida ham oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.

Kiritildi: 23:09, 24.04.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик