Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ranyeri: «Roma»dan ketishim mening emas, klubning bir tomonlama qarori bo‘ldi»

Ranyeri: «Roma»dan ketishim mening emas, klubning bir tomonlama qarori bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Klaudio Ranyeri «Roma» maslahatchisi lavozimini o‘z xohishi bilan emas, balki klub rahbariyati tomonidan ishdan bo‘shatilgani sababli tark etganini ma’lum qildi.

«Klub bilan katta maslahatchi sifatidagi munosabatlarim to‘xtatilishi klubning bir tomonlama qarori natijasi bo‘ldi. Men buni burch hissi, harakatlarning shaffofligi, haqiqatga sodiqlik va ikkinchi terimga aylangan libosga bo‘lgan muhabbatim yuzasidan aytmoqdaman. Shuningdek, Fridkinlar oilasiga (Rim klubi xo‘jayinlari), jamoaga, xodimlarga va barcha «jalorossi» muxlislariga ko‘p yillar davomida ko‘rsatilgan va doimo o‘zaro bo‘lgan cheksiz mehr uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Olg‘a, «Roma», abadiy!» — deya Ranyerining so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Avvalroq Corriere della Sera nashri italiyalik mutaxassis va jamoa bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini o‘rtasida uzoq davom etgan nizo bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

74 yoshli Ranyeri Rim klubini 2009 yildan 2011 yilgacha, 2019 yilda va 2024 yildan 2025 yilgacha boshqargan, shundan so‘ng murabbiylik faoliyatini yakunlagan edi.

Kiritildi: 23:12, 24.04.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик