Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konte: «Yigitlarning munosib javob qaytarishiga shubha qilmagandim»

Konte: «Yigitlarning munosib javob qaytarishiga shubha qilmagandim»

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining o‘tgan turidagi omadsizlikdan so‘ng, «Napoli» o‘z maydonida «Kremoneze»ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi. Neapolliklar ustozi Antonio Konte voqealarning bunday rivojidan mamnun.

«Men «Lasio» bilan o‘yindagi omadsizlikdan so‘ng jamoadan munosib reaksiya kutgandim va bu sodir bo‘ldi. Biz o‘zimizni oqlashni juda xohlagandik. «Lasio»ga qarshi bahsdan so‘ng manzilimizga haddan tashqari ko‘p tanqidlar yog‘ildi, vaholanki, oxirgi mavsumlardagi muvaffaqiyatlarimizni unutmaslik kerak edi», — deya Kontening so‘zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Eslatib o‘tamiz, neapolliklar hozirda mamlakatning amaldagi chempioni maqomini saqlab turishibdi.

Kiritildi: 07:18, 25.04.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик