«Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. «Qizil iblislar» o‘tgan yozdayoq kamerunlik futbolchiga asosiy da’vogar hisoblanishgan edi, biroq o‘shanda «chaykalar» xaridorlarni cho‘chitish uchun ataylab juda katta summa talab qilishgan.
The Athletic nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 50 million funt sterling (qariyb 58 million yevro) yarim himoyachini sotib olish uchun yetarli bo‘ladi deb hisoblamoqda. 22 yoshli futbolchi hozirgi mavsumni u qadar yaxshi o‘tkazmayapti, bu esa uning narxiga albatta ta’sir qiladi.
Transfermarkt portalida Karlos Balebaning taxminiy qiymati 55 million yevro etib belgilangan. APLning joriy mavsumida «Brayton» safida 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va samarali harakatlar bilan ajralib turgani yo‘q.













