«Manchester Yunayted» sharafini himoya qilayotgan sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshko jamoaning o‘yini va undagi o‘z o‘rni haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, biz a’lo darajada harakat qilyapmiz. Oldinda yana bir nechta o‘yin qoldi, lekin biz vazifani uddalayapmiz deb hisoblayman. Jamoamizda ajoyib ruhiyat shakllangan. Men ko‘p narsa o‘rganyapman va tajriba orttiryapman. Bu yerda yuqori saviyali futbolchilar va kuchli murabbiylar shtabi yig‘ilgan», — deya Sheshkoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Sheshko «qizil iblislar» safiga 2024 yilgi yozgi transfer oynasida Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan kelib qo‘shilgan edi. Ingliz jamoasi libosida 22 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 30 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Sheshkoning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.













