Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Chelsi» Palmer uchun rekord darajadagi narx belgiladi

«Chelsi» Palmer uchun rekord darajadagi narx belgiladi

Baho:
+ | -

Angliyada «Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmerning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.

Agar «ko‘klar» mavsum yakuniga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasalar, ingliz yulduzi faoliyatini boshqa klubda davom ettirish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin. Transfer News Live nashrining Football Insider’ga tayanib xabar berishicha, «Chelsi» Palmerni sotish ehtimolini istisno qilmayapti, biroq buning uchun juda katta summa — taxminan 130 million funt sterling (150 million yevro) talab qiladi. Manbaning ta’kidlashicha, bunday talabni faqat ikkita klub — Madridning «Real»i va «PSJ» qabul qilishi mumkin.

2023 yilda «Chelsi» Koul Palmerni «Manchester Siti»dan 47 million yevro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi London jamoasi safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:44, 25.04.2026.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик