Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «Real» yulduzlari haqida fikr bildirdi

Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «Real» yulduzlari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Dunyoning birinchi raqamli raketkasi Yannik Sinner Jud Bellingem va Tibo Kurtua bilan bo‘lgan suhbatdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalroq Sinner, Bellingem, Kurtua va Rafael Nadal «Santyago Bernabeu» stadionida tennis o‘ynashgan edi.

«Bu juda qiziqarli kun bo‘ldi. Men «Bernabeu»da birinchi marta bo‘lishim. Futbol stadioni ichidagi kort biroz g‘alati ko‘rindi, lekin shu bilan birga bu o‘ziga xos manzara edi. Bunday voqea birinchi marta sodir bo‘ldi.

Kurtua va Bellingem bilan tanishish yoqimli bo‘ldi. Ular ko‘p yillardan beri yuqori darajada bo‘lishlariga qaramay, juda kamtar insonlar ekan. Jud — hayratlanarli o‘yinchi va mening kumirlarimdan biri. Kurtua bilan esa biroz ko‘proq vaqt o‘tkazdik — stadiondan birga chiqib ketdik va turli mavzularda suhbatlashdik. Va albatta, Rafani yana ko‘rish men uchun alohida voqelik bo‘ldi», — dedi Sinner matbuot anjumanida.

Kiritildi: 14:04, 25.04.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик