Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Unai Emeri «Liverpul» futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

Unai Emeri «Liverpul» futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jons «Aston Villa» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Aston Villa» yozgi transfer oynasida tarkibni jiddiy ravishda qayta qurishni rejalashtirmoqda va Jons kuchayish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. «Liverpul» ham o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga qarshi emas, chunki mersisaydliklar mavsum yakunlangach tarkibni «tozalashni» maqsad qilishgan.

Qayd etilishicha, 25 yoshli Jonsning xizmatlariga «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri shaxsan qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda xavbek barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 18:21, 25.04.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик