Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saliba: «Bu safar chempion bo‘lishimizga ishonaman»

Saliba: «Bu safar chempion bo‘lishimizga ishonaman»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Vilyam Saliba Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi chempionlik poygasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Men bu yerda to‘rt yildan beri o‘ynayapman va doim ikkinchi o‘rinni egallab kelganman. Agar bu mavsumda ushbu an’anani o‘zgartira olsak, bu biz uchun ham, shaxsan men uchun ham ulkan muvaffaqiyat bo‘ladi. Buni uddalashimizga ishonchim komil», — deya Salibaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

APLning 33 turidan so‘ng «Arsenal» 70 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «To‘pchilar» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadam «Manchester Siti»dan ortda qolishmoqda.

Bugun, 25 aprel kuni Mikel Arteta shogirdlari o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:28, 25.04.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик