Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yozda «Milan»ni tark etadigan ikki nafar futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

Yozda «Milan»ni tark etadigan ikki nafar futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Milan» yozgi transfer oynasida ikki nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. TUTTOmercatoWEB bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «rossonerilar» rahbariyati markaziy yarim himoyachi Ardon Yashari va hujumchi Kristofer Nkunkuning o‘yinidan norozi.

Manbaning xabar berishicha, Italiya klubi ushbu futbolchilarning transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. «Milan» Nkunku va Yashari uchun sarflangan xarajatlarni qoplashga umid qilmoqda — klub ularni sotib olish uchun jami 80 million yevroga yaqin mablag‘ sarflagan edi.

Joriy mavsumda Yashari 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shveysariyalik futbolchi asosiy tarkib uchun raqobatda Luka Modrich va Samuele Richchiga imkoniyatni boy berdi.

Nkunku esa 30 ta uchrashuvda ishtirok etdi — fransiyalik forvard hisobida oltita gol va uchta assist mavjud.

Kiritildi: 18:30, 25.04.2026.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик