Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 19 ta o‘yinga yetdi

«Bavariya»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 19 ta o‘yinga yetdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Vensan Kompani qo‘l ostida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bundesliganing 31-turida «Mayns» ustidan qozonilgan irodali g‘alaba (4:3) myunxenliklarning muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi.

E’tiborli jihati, myunxenliklar «Mayns» bilan bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotib, yakunda g‘alabani ilib ketishdi. Jamoa so‘nggi bor shu yilning 24 yanvarida «Augsburg»ga (1:2) imkoniyatni boy bergan edi. O‘shandan beri o‘tgan uch oy davomida «Bavariya» barcha turnirlarda 17 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi.

Jamoani oldinda mavsumning eng muhim bahslaridan biri kutmoqda. Myunxenliklar 28 aprel kuni Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ» mehmoni bo‘lishadi.

Kiritildi: 21:49, 25.04.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик