Kirish Ro'yxatdan o'tish

World Boxing kubogi. Ikki sportchimiz finalga chiqdi

World Boxing kubogi. Ikki sportchimiz finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

World Boxing tashkiloti kubogi doirasida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Uch nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, ularning ikki nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda Farzona Fozilova ispaniyalik Marta Lopezga imkon qoldirmadi — 5:0.

World Boxing kubogining yarim final bahslarida -65 kg vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova angliyalik Sacha Xiskeyga qarshi ringga ko‘tarildi.  Qiziqarli kechgan jangda Hamidova raqibasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi.

World Boxing kubogida  +90 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov yarim final bahsida bizga yaxshi tanish bo‘lgan va anchagina jiddiy raqib, armanistonlik David Chaloyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan jangda, afsuski, hakamlar Chaloyanning 3:2 hisobidagi g‘alabasini e’tirof etishdi va Zokirov bronza medali bilan cheklandi.

Natijalar bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Marta Lopez (Ispaniya) - 5:0

-65 kg: Navbahor Hamidova - Sacha Hiskey (Angliya) - 3:2

+90 kg: Jahongir Zokirov - Davit Chaloyan (Armaniston) - 2:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:24, 26.04.2026.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик