Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Xavi murabbiylik qilishga tayyor bo‘lgan jamoani aytdi

Xavi murabbiylik qilishga tayyor bo‘lgan jamoani aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes kelajakda qaysi jamoani boshqarishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Ispaniyalik mutaxassis 2024 yilning may oyida «Barselona»dan iste’foga chiqarilganidan buyon ishsiz bo‘lib turibdi. Shu vaqt ichida uni bir qator klublar bilan bog‘lashdi, biroq hozircha amaliy qadamlar kuzatilmadi.

Afsonaviy sobiq futbolchi Romarioga intervyu berar ekan, Xavi kun kelib Braziliya terma jamoasida ishlashga qarshi emasligini tan oldi.

«Braziliya terma jamoasidagi faoliyat? Albatta, nega endi yo‘q? Braziliya — futbol beshigi», — deya ta’kidladi Xavi.

Hozirgi vaqtda «pentakampeonlar»ni Karlo Anchelotti boshqarmoqda. Taxminlarga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Jahon chempionatidagi natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z lavozimini saqlab qoladi.

Kiritildi: 11:26, 26.04.2026.
O'qildi: 1431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик