Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Arteta Sakaning safga qaytganiga munosabat bildirdi

Arteta Sakaning safga qaytganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta vinger Bukayo Sakaning jarohatdan so‘ng safga qaytgani haqidagi savolga javob berdi. 24 yoshli ingliz futbolchisi 22 martdan beri ilk bor maydonga tushdi — u Premyer-liganing shanba kungi «Nyukasl»ga qarshi bahsi yakunida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

«Ajoyib. U maydonda o‘tkazgan daqiqalari ichida o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazishga ulgurdi. Bukayo yaxshi va tetik ko‘rinmoqda. Uning maydonda paydo bo‘lishi jamoaga alohida ta’sir qilishini albatta sezasiz. Hozir bizga bu juda zarur. U yuklamalarni qanday qabul qilishini kuzatamiz. Mavsumning eng muhim pallasi keldi va u jangga kirishishga intilmoqda», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

«Kanonirlar» 9-daqiqada Eberechi Eze tomonidan kiritilgan gol evaziga «qarg‘alar» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: 11:47, 26.04.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик