Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» sobiq futbolchisi: «Mourinyodan ko‘ra yaxshiroq variantlar bor»

«Real» sobiq futbolchisi: «Mourinyodan ko‘ra yaxshiroq variantlar bor»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Guti klub Joze Mourinyoni ortga qaytarmasligi kerak deb hisoblaydi. Hozirda «Benfika»da faoliyat yuritayotgan portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» boshqaruvi uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

«Mourinyu — buyuk murabbiy, biroq, menimcha, uning eng gullagan davri ortda qoldi. Undan ko‘ra afzalroq ko‘rinadigan boshqa murabbiylar bor», — deya Gutining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Joze Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»da ishlagan. «The Special One»ning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kutilishicha, «qirollik klubi» mavsum yakunlanganidan so‘ng amaldagi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan xayrlashadi.

Kiritildi: 11:55, 26.04.2026.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик