Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta davrida ikkinchi bor: «Arsenal» bir mavsumda «Nyukasl»ni ikki marta mag‘lub etdi

Arteta davrida ikkinchi bor: «Arsenal» bir mavsumda «Nyukasl»ni ikki marta mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 34-turida Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl»ni minimal hisobda mag‘lub etib, yana g‘alabalar yo‘liga qaytdi. Birinchi davrada ham londonliklar «qarg‘alar»ga qarshi muvaffaqiyatli harakat qilishgan edi — o‘shanda, 2025 yil 28 sentyabrda «kanonirlar» 2:1 hisobida zafar quchishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Arsenal» amaldagi bosh murabbiy Mikel Arteta qo‘l ostida bir mavsum davomida «Nyukasl»ni ikki bor mag‘lub etishi atigi ikkinchi marta kuzatilmoqda. Ilk bor bunday natija Artetaning «Arsenal»dagi debyut mavsumida (2020/2021) qayd etilgan edi. O‘shanda o‘yinlar «kanonirlar» foydasiga 3:0 va 2:0 hisobida yakunlangan.

Kiritildi: 13:03, 26.04.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик