Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grizmann: «Atletiko»dan ketish oldidan muxlislarga maxsus sovg‘a tayyorlamoqchiman»

Grizmann: «Atletiko»dan ketish oldidan muxlislarga maxsus sovg‘a tayyorlamoqchiman»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann La Liga doirasida «Atletik Bilbao» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:2) so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Fransiyalik futbolchi maydonda 63 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa-da, o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga ulgurdi.

Yakuniy hushtakdan so‘ng 35 yoshli forvard uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi.

«Men «Atletiko»dagi so‘nggi o‘yinlarimdan haqiqiy zavq olmoqdaman. Umid qilamanki, ketishimdan oldin muxlislarga qandaydir maxsus sovg‘a taqdim eta olaman», — deya Grizmannning so‘zlarini keltiradi Atletico Universe.

Eslatib o‘tamiz, «matraschilar» faxriysi allaqachon «Orlando Siti» klubi bilan shartnoma imzolagan — transfer shu yozda amalga oshadi.

Chorshanba kuni «Atletiko» o‘z maydonida Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Arsenal»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 13:07, 26.04.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик