Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Roberto de Dzerbi: «Tottenxem»ning APLda qolishiga ishonaman»

Roberto de Dzerbi: «Tottenxem»ning APLda qolishiga ishonaman»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi «Vulverxempton» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Men APLda qola olishimizga ishonaman. Biz 10 ochkoga ortda qolayotganimiz yo‘q — «Vest Xem»dan ikki ochko masofadamiz. Ularda yaxshi jamoa bor, lekin bizda ham xuddi shunday. Eng muhimi — futbolchilarning mahorati va insoniylik darajasi. Bu men uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, chunki men ularni avval bilmasdim. Ularni yaqinroqdan tanigach, ligada qolish uchun imkoniyatimiz borligini tushundim», — deya de Dzerbining so‘zlarini keltiradi BBC.

Ayni damda «Tottenxem» Angliya chempionati turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. De Dzerbi jamoasi navbatdagi o‘yinini 3 may kuni safarda «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:20, 26.04.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик