Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Subimendini Ispaniyaga qaytarmoqchi

«Real» Subimendini Ispaniyaga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini «Real Madrid»da davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi yozgi transfer oynasi oldidan futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

«Qaymoqranglilar» o‘yinchining taktik fikrlashidan hayratda qolgan. «Real» rahbariyati allaqachon Subimendining ehtimoliy transferini muhokama qilmoqda, chunki klub tarkibni uzoq muddatli kuchaytirishni rejalashtirgan.

Martin Subimendi 2025 yilda 70 million yevro evaziga «Real Sosyedad»dan «Arsenal»ga o‘tgan edi. Uning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi London klubi safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:33, 26.04.2026.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик