Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik «Real» bilan 11 ochkolik farqqa izoh berdi

Flik «Real» bilan 11 ochkolik farqqa izoh berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» 32-tur natijalariga ko‘ra «Real» bilan oradagi farqni 11 ochkogacha yetkazdi. Kataloniyaliklar kelgusi turdayoq chempionlikni rasmiylashtirishlari mumkin — buning uchun ular «Osasuna»ni mag‘lub etishlari, «Real» esa ochko yo‘qotishi talab etiladi.

«Xetafe» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z fikrlarini bildirdi:

«Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishni, o‘z uslubimizda harakat qilishni istagan edik. To‘p bilan va to‘psiz harakatlarda ko‘rganlarimni juda qadrlayman. Biz diqqatimizni jamlagan edik va vazifani yaxshi uddaladik. «Real» bilan farq 11 ochkoga yetdimi? Men barcha hisob-kitoblarni unutishni istayman. Bugun sodir bo‘layotgan voqealar muhimroq. Boshqa o‘yinlar haqida o‘ylash kerak emas. Bayramni hamma ish yakuniga yetgach nishonlash lozim», — dedi Flik flesh-intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» 10 may kuni «Kamp Nou»da to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 13:40, 26.04.2026.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик