Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Lukaku faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan klub nomi aytildi

Lukaku faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan klub nomi aytildi

Baho:
+ | -

Hujumchi Romelu Lukaku katta ehtimol bilan shu yozda «Napoli»ni tark etadi. Jurnalist Matteo Morettoning ma’lumotlariga ko‘ra, belgiyalik forvard «Milan»ga o‘tishi mumkin.

Yaqin orada «rossoneri»ga 32 yoshli futbolchining xizmatlari taklif qilinishi kutilmoqda.

Romelu Lukaku 2024 yilda «Chelsi»dan «Napoli»ga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi Neapol klubi safida barcha turnirlarda yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Transfermarkt portali Lukakuning qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:03, 26.04.2026.
O'qildi: 1369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик