Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" oxirgi 18 yildagi eng past g‘alaba ko‘rsatkichini qayd etmoqda

"Real" oxirgi 18 yildagi eng past g‘alaba ko‘rsatkichini qayd etmoqda

Baho:
+ | -

«Real» Alvaro Arbeloa qo‘l ostida boshqa murabbiylarga qaraganda kamroq g‘alaba qozonmoqda. Juma kuni «qaymoqranglilar» La Liganing 32-turi doirasida «Betis» bilan durang o‘ynashdi (1:1).

Marca nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Arbeloa jamoa boshqaruvidagi 23 ta o‘yinda 60,9 foizlik g‘alaba ko‘rsatkichiga ega (23 ta o‘yindan 14 tasida g‘alaba). Bu Bernd Shuster iste’foga chiqarilgan vaqtdan (2008 yil) buyon kamida 20 ta o‘yin o‘tkazgan barcha «Real» murabbiylari orasidagi eng yomon natijadir. Shuster davrida g‘alabalar ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Arbeloa 12 yanvar kuni Xabi Alonso ketganidan so‘ng Madrid klubi boshqaruvini qo‘lga olgan edi.

Kiritildi: 16:08, 26.04.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик