Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026 finali uchun chiptalar narxi juda yuqorilab ketdi

JCH-2026 finali uchun chiptalar narxi juda yuqorilab ketdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli haftalar qolayotgan bir vaqtda, turnir atrofidagi qiziqish rekord darajaga yetmoqda. Xususan, 19 iyul kuni Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadigan final bahsi chiptalarining narxi keskin qimmatlashgan.

derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, final o‘yini uchun chiptalarning maksimal narxi 2 million yevrogacha yetmoqda. FIFA tomonidan olib borilayotgan narx siyosati esa muxlislar va ekspertlar o‘rtasida turli munozaralarga sabab bo‘lyapti.

Hozirda hal qiluvchi bahs uchun eng arzon chiptalarning boshlang‘ich narxi 23 ming yevro qilib belgilangan. Narxlar stadiondagi o‘rinlarning joylashuvi va toifasiga qarab keskin farq qilmoqda.

Shuningdek, chiptalar sotuvida kutilmagan holatlar ham kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi sektorlarda 138 ming yevrolik "lyuks" toifadagi o‘rindiqlar 23 ming yevrolik oddiy joylar bilan yonma-yon joylashgan. Bunday nomutanosiblik chipta bozoridagi narxlarning sun’iy ravishda oshishi va talabning haddan tashqari yuqoriligi bilan izohlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak Jahon chempionati ilk bor uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi. Final bahsi esa AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi "Metlayf" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:19, 26.04.2026.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик