Kirish Ro'yxatdan o'tish

FIFA chempionat o‘yinlarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazishga ruxsat berishi mumkin

FIFA chempionat o‘yinlarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazishga ruxsat berishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Milliy ligalarga yaqin orada o‘z mamlakatlaridan tashqarida o‘yinlar o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin, biroq bu bir mavsumda bir martadan oshmasligi kerak. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, qabul qiluvchi davlatlar bir mavsumda boshqa ligalar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pi bilan 5 ta o‘yinga mezbonlik qilishi kutilmoqda. FIFA ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan yangi protokol ushbu masalani hal qilish uchun aniq qoidalarni joriy etishga qaratilgan. Avvalroq La Liga va A Seriya o‘z o‘yinlarini AQSH va Avstraliyada o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq bir qator noroziliklardan so‘ng bu rejalar bekor qilingandi.

Yangi protokolga ko‘ra, rasmiy o‘yinni boshqa davlatga ko‘chirish bo‘yicha har qanday so‘rov faqat barcha asosiy manfaatdor tomonlarning roziligi bilan ko‘rib chiqiladi, bunda FIFA veto qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Katta ehtimol bilan yangi qoidalar keyingi mavsumdan kuchga kiradi.

Kiritildi: 16:36, 26.04.2026.
O'qildi: 1014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик