Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Mash’al» Igor Surov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qildi

«Mash’al» Igor Surov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qildi

Baho:
+ | -

«Mash’al» professional futbol klubi ma’muriyati jamoa bosh murabbiyi Igor Surov bilan o‘rtadagi mehnat shartnomasi bekor qilinganligini rasman e’lon qildi.

"Afsuski, so‘nggi vaqtlarda Igor Surovning sog‘lig‘ida yuzaga kelgan jiddiy muammolar uning o‘z xizmat vazifasini to‘liq davom ettirishiga monelik qildi. Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, klub rahbariyati va murabbiy o‘zaro kelishuvga asosan amaldagi shartnomani to‘xtatishga qaror qildilar.

Igor Surov jamoa jilovini qo‘lga olgan ilk kunlaridanoq o‘zining yuqori professionalligi, boy tajribasi va futbolga bo‘lgan cheksiz fidoyiligi bilan ajralib turdi. Uning qo‘l ostida «Mash’al» jamoasi maydonda mazmunli o‘yin namoyish etishga va muxlislarimizni xursand qilishga intildi. Murabbiyning klub infratuzilmasini rivojlantirish va futbolchilarning mahoratini oshirish borasidagi mehnatlarini yuksak qadrlaymiz.

«Mash’al» professional futbol klubi rahbariyati, jamoa a’zolari va ko‘p sonli ishqibozlari nomidan Igor Surovga Muborak futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Biz Igor Surovga avvalo mustahkam sog‘liq, tezroq oilasi va futbol olamiga sog‘-salomat qaytishini tilab qolamiz. Sizning keyingi faoliyatingizda doimo omad va zafarlar yor bo‘lishiga tilakdoshmiz", — deyiladi «Mash’al» klubi tarqatgan xabarda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 17:44, 26.04.2026.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик