Kirish Ro'yxatdan o'tish

To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng «Chelsi» yana Angliya Kubogi finaliga chiqdi

To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng «Chelsi» yana Angliya Kubogi finaliga chiqdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» so‘nggi 4 mavsum ichida ilk bor Angliya Kubogi finaliga yo‘l oldi.

Musobaqaning yarim finalida londonliklar «Lids»ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Enso Fernandes tomonidan kiritilgan gol «ko‘klar»ga g‘alaba keltirdi.

«Chelsi» oxirgi marta 2021/22 yilgi mavsumda Angliya Kubogi finalida o‘ynagan edi — o‘shanda «ko‘klar» penaltilar seriyasida «Liverpul»ga imkoniyatni boy berishgan (0:0, pen. – 5:6). Umuman olganda, London klubi o‘z tarixida 17-bor ushbu turnir finaliga qadar yetib keldi.

Hal qiluvchi bahsda «Chelsi» «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 23:24, 26.04.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик