Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi Simons og‘ir jarohat sabab mundialni o‘tkazib yuborishini e’lon qildi

Xavi Simons og‘ir jarohat sabab mundialni o‘tkazib yuborishini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Tottenxem Xotspur» yarim himoyachisi Xavi Simons og‘ir jarohat sabab 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda niderlandiyalik futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Aytishadiki, hayot shafqatsiz, va bugun men aynan shuni his qilyapman. Mavsum men uchun kutilmaganda yakunlandi va men hali ham buni anglashga harakat qilyapman. Rostini aytsam, qalbim singan. Buning hech biri ma’no kasb etmayapti.

Mening yagona istagim jamoam uchun kurashish edi, endi esa bu imkoniyat mendan tortib olindi… jahon chempionati bilan birga. Yozda mamlakatim sharafini himoya qilish orzusi… shunchaki yo‘qoldi.

Buni qabul qilish uchun vaqt kerak bo‘ladi, ammo men baribir jamoam uchun eng yaxshi sherik bo‘lishda davom etaman. Birgalikda bu sinovdan o‘tishimizga ishonaman.

Endi men bu yo‘ldan imon, kuch, matonat va ishonch bilan o‘taman, maydonga qaytish kunlarini sanayman. Menga sabrli bo‘linglar. COYS», — deb yozdi Simons.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Vulverxempton»ga qarshi bahsda (1:0) jarohat olgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:48, 27.04.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик