Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Gvardiola Xolandning sermahsulligi qaytgani sababini ochiqladi

Gvardiola Xolandning sermahsulligi qaytgani sababini ochiqladi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Erling Xolandning sermahsulligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Hujumchi Premyer-liganing oxirgi ikki turida "Arsenal" (2:1) va "Byornli" (1:0) darvozasini ishg‘ol qildi — har ikki gol jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bundan avvalroq norvegiyalik futbolchi Angliya Kubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi bahsda (4:0) xet-trik qayd etgan edi.

"Marmush Afrika kubogiga ketgan paytda Xoland to‘xtovsiz har uch kunda o‘ynashiga to‘g‘ri keldi — buning oqibatida uning o‘yin ritmiga putur yetdi. Endi esa Erling to‘laqonli tiklanish imkoniga ega va biz nimani ko‘ryapmiz? U yana "uchmoqda", gollar urib, golli uzatmalarni amalga oshirmoqda!" — deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda City Report.

Shanba kuni Angliya Kubogi yarim finali doirasidagi "Sautgempton"ga (2:1) qarshi o‘yinda Xoland 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, biroq bu safar gol ura olmadi.

Kiritildi: 09:33, 27.04.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик