Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Konseysau: «Eng yaxshi versiyamni hali ko‘rmadingiz»

Konseysau: «Eng yaxshi versiyamni hali ko‘rmadingiz»

Baho:
+ | -

«Yuventus» vingeri Fransishku Konseysau A Seriya doirasidagi «Milan» bilan durang (0:0) qayd etilgan o‘yindan so‘ng intervyu berdi. 23 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan bahsda 80 daqiqa harakat qildi. Portugaliyalik futbolchi raqib darvozasiga zarba berish va aldab o‘tishlar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi, biroq o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ya olmadi.

«Siz hali mening eng yaxshi versiyamni ko‘rganingiz yo‘q. Kelajakda yanada kuchayaman va bundan ham ko‘prog‘iga qodir ekanimni isbotlayman, lekin men ko‘proq gol urishim kerak. Bugun bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Menimcha, faqat biz g‘alaba uchun o‘ynadik, "Milan"ni esa durang ham qanoatlantirar edi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik», — deya Konseysauning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Nikolo Skira.

«Yuventus» 64 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Ulardan yuqorida «Milan» (67 ochko), pastroqda esa «Komo» va «Roma» (61 ochkodan) joylashgan.

Kiritildi: 09:35, 27.04.2026.
O'qildi: 520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик