Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Allegri «Milan»ning YECHL yo‘llanmasi uchun necha ochko kerakligini hisoblab chiqdi

Allegri «Milan»ning YECHL yo‘llanmasi uchun necha ochko kerakligini hisoblab chiqdi

Baho:
+ | -

«Milan» ustozi Massimiliano Allegri jurnalistlarning Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish masalasi hal bo‘lgan-bo‘lmagani borasidagi savollariga javob berdi.

«Bizga yana olti ochko yoki ikkita g‘alaba yetishmayapti. Maydonning so‘nggi 25 metrida ancha aqlliroq harakat qilishimiz kerak edi. Yakuniy natija — bu barcha ochkolar yig‘indisidir. Bizga yetti ochko kerak edi, endi esa yetti emas, olti ochko qoldi. O‘tgan o‘yinning asosiy xulosasi shundan iborat. Endi bor e’tiborimizni «Sassuolo» bilan bahsga qaratamiz», — deya Allegrining so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Hozirda «Milan» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 10:07, 27.04.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик